Colba haqida
Colba ta'lim markazi - 2010 vil o'z faoliyatini boshlagan va hozirgi kunda kimyo va biologiyaga ixtisoslashgan O'zbekistondagi eng katta o'quv markaz.

Markazimiz tabiiy fanlarga ixtisoslashgan va 2018-yildan boshlab majburiy fanlarni (Matematika, Tarix, Ona tili) ham o'qitib kelmoqda. Colba Ta'lim Markazining Toshkent shahrida 2 ta filiali mavjud.
Qabul uchun ariza qoldirish
Batafsil ma’lumot olish
Markazimizni shu paytgacha 10.000 ga yaqin o'quvchi bitirgan va hozirda fanlar nisbati bo'yicha 1.900 dan ortiq yoshlar bir vaqtning o'zida tahsil olmoqda.

Qolaversa markazimiz o'quvchilarning Oliy ta'lim muassasalariga kirish nisbati bo'yicha ham peshqadam hisoblanadi. 2022 yilda o'qishga kirgan abituriyentlarimiz 95% ni tashkil qiladi. Bu har 35 ta bitiruvchimizdan 32 tasi talaba bo'ldi degani.
o'quvchilarning o'qishga kirish ko'rsatkichlari nisbati
markazimizni bitirgan o'quvchilar soni
hozirda tahsil olayotgan o'quvchilar soni
yildan beri faoliyat yuritamiz
95%
10000
1900+
13
Colba asoschisi
DONIYOR NASRIDDINOV
Samargand viloyati, Pastdarg'om tumanida tavallud topgan. Pastdarg'om tumanidagi 26-maktabda, so'ngra 77-sonli iqtidorli bolalar maktabida tahsil olgan. Samargand davlat universiteti qoshidagi 2-sonli akademik litseyni tamomlagan. 2014-vilda O'zbekiston Milliy Universiteti kimyo fakultetining bakalavr bosqichini, 2016-yilda esa, magistratura bosqichini bitirgan.

O'quvchi va talabalar o'rtasida o'tkaziladigan kimyo fan olimpiadalarida 5 karra viloyat, 3 karra respublika g'olibiga aylangan. 2010-yilda Bokuda o'tkazilgan. 44-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida bronza medalini qo'lga kiritgan. 2011-2014-yillar oralig'ida iqtidorli talabalar uchun ta'sis etilgan.

O'zbekiston Milliy Universiteti stipendiyasi va Mirzo Ulug'bek nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo'lgan. 2015-vilda "O'zbekiston belgisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan. Hozirda o'zi asos solgan Colba Ta'lim markazida ilm berish bilan shug'ullanib kelmoqda.
Doniyor Nasriddinov
Colba Ta’lim Markaz asoschisi
Afzalliklarimiz
Nega aynan biz?
Qabul uchun ariza qoldirish
Vebinar uchun ariza qoldirish
Laboratoriyamiz kimyo va biologiyadan tajribalar o'tkazish, mavzularda nazariy o'tilgan bilimlarni amaliyotda bajarib ko’rish orqali amaliy tushunchalar hosil qilish imkonini beradi.
Laboratoriya
Co-working hududimiz o'quvchilar darslardan keyin va darslari yo'q paytlarda kelib dars qilishlari uchun tashkil etilgan va barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan.
Co-working
Darslarimiz o'quvchiga hech qanday noqulaylik tug'dirmasligi uchun ularga qulay bo'lgan vaqtlar inobatga olinib dars jadvali tuziladi.
Qulay jadval
O'quvchilar darslardan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tadbirlar tashkil etiladi. Tadbirga har tomonlama o'quvchilarmizga o'rnak bola oluvchi, ularga to'gri va foydali maslahatlar bera oluvchi shaxslar chaqiriladi.
Tadbirlar
Darslarimizda doimiy faol bo'lib, vazifalarni o'z vaqtida bajarib, imtihonlardan o'tib, kurslarimizni muvaffaqivatli tamomlagan o'quvchilarimiz uchun. "Colba" da o'qiganligini tasdiqlovchi masxus sertifikatlar taqdim etiladi
Sertifikat
24/7 support orqali o'quvchilar istalgan paytlarida xoh markazda bo'lsin, xoh masofadan turib ustozlaridan tushunmagan joylarini so'rashlari va fanga doir boshqa yordamlar olishlari mumkin.
24/7 Support
Colba ta’lim markazi jamoasi
Colba ta'lim markazi jamoasi keng ko'lamli mutaxassislik va zamonaviy ko'nikmalarga ega, bir oliy maqsad yo'lida birlashgan fidoyilardan tashkil topgan.

Jamoamizda yillar davomida past-balandni ko'rgan, boy tajribaga ega yoshi katta mutaxassislardan tortib zamon bilan hamnafas va eng yangi texnologiyalardan xabardor yoshlargacha mavjud va bu Colbani o'z sohasida yetakchi bo'lishiga yordam beradi.

Eng muhimi, Colbada hamma o'z ishini yaxshi ko'radigan, sidqidildan bajaradigan va o'z ishiga bor mehrini beradigan insonlardir. Biz jamoamizning har bir a'zosi bilan faxrlanamiz!
Batafsil ma’lumot olish
Qabul uchun ariza qoldirish
Qabul 2024-2025 uchun ariza qoldiring
Ma’lumotlaringizni qoldirganingizdan so’ng, siz bilan tez orada bog’lanib, batafsil ma’lumot beramiz
Qabul uchun ariza qoldirish
2024 © Colba Ta’lim Markazi
Kimyo va biologiyaga ixtisoslashgan o’quv markaz
Telefon raqam
Manzil
Colba ta'lim markazi "Beruniy" va "Nurafshon" ko'chalari kesishmasida, "Tinchlik" metrosiga yaqin hududda joylashgan. Ta'lim markazimiz metro va avtobus bekatlariga juda yaqin bo'lib, transport bilan deyarli muammo bo'lmaydi.
QR kod orqali bizning manzilimizni qulay va oson topishingiz mumkin.
Made on
Tilda