Bitiruvchilar natijalari
Vebinar uchun ariza qoldirish
Qabul uchun ariza qoldirish
Ustozim Doniyor Nasriddinovni uchratginimcha o'zimni to'nkadek his qilar edim. Colbaga kelganimdan so'ng men uchun dunyodagi eng qiyin kimyo fani kara jadvalidek bo'lib qolgan edi. Balki bu ustozimning metodikasi, u yerdagi raqobatli muhit va barcha shogirdlarning ustozga nisbatan yuqori ixlosidandir.
Ba'zan ketma-ket markazda o'tkazilgan musobaqalarda eng yuqori o'rinlarni qo'lga kiritardim. Shifokor bo'lish istagim usozim menga dars o'tib ko'rishni taklif qilganidan keyin o'zgardi. 1 yil davomida ustozdan ko'p tajriba oldim va ustozga havas qilib tumanimdan "Asil ta'lim" deb o'quv markazi ochdim. Hozirda 400 dan ziyod o'quvchilar bizdan ta'lim olishmoqda. Bularning barchasiga usotzimning mehnatlari va Colbadagi muhitning o'rni beqiyos.
Sabriddinov Asror
Yoshligimdan doimo 1-lar qatorida bo'lishga harakat qilganman-u lekin Colbaga kelishim hayotimda asosiy burilish nuqtalaridan bo'lgan. Colbada men uchun har tomonlama ideal bo'lgan ustozim Doniyor Nasriddinovni topganman va u insonga o'xshashga doimo intilganman. Ustozlarimning mehnatlari va o'zimning tirishqoqligim bilan doimo olimpiadalarda yutganman. Colbada o'qib yurgan paytlarimda IELTSdan 7.5 ball olib, 2 kun yig'lab yana qayta topshirgan paytlarim hali ham esimda. Hozirda "Akfa" universitetida tibbiyotni ingliz tilida o'rganayotganimda Colbada olgan bilimlarimning o'rni beqiyos. Colba menga faqat ilmgina berib qolmay inson sifatida shakllanishimga ham katta yordam bergan.
Sautova Farangiz
Yoshligimdan kimyoviy jarayonlarga qiziqganligim uchun lityseyda o'qib yurgan vaqtlarim Colba ta'lim markazida kuchaytirilgan holda kimyodan ta'lim oldim. O'zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakultetida imtiyozli diplom bilan bakalavr darajasini va magistr darajasini olganman. O'qish davomida xalqaro olimpiadalarga qatnashib faxrli o' rinlarni oldim. Shu jumladan, xalqaro kimyo olimpiadasining kumush medali sovrindoriman. Magistratura davrida va magistr darajasini olganimdan keyin shu universitetda fizikaviy kimyo fanidan talabalarga ta' lim berish bilan shug'ullanganman. Hozirda O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Materialshunoslik institutida biologik jarayonlarni komputerda modellashtirish bilan shug'ullanmoqdaman
Abduvohidov Davron
Kimyo faniga qiziq'ishim bo'lganligi sababli 2014-2015-yillarda "Colba" ta'lim markazida ta'lim olib, 2015-yili bo'lib o'tgan Armaniston respublikasi Erevan shahridagi "Mendeleev" xalqaro olimpiadasi g'olibi bo'lib Farmatsevtika institutiga imtiyozli ravishda o'qishga kirdim.
Hozirda Farmatsevtika institutida Assistent hamda Colba ta'lim markazida katta o'qituvchi sifatida ta'lim beraman. Kelajakdagi maqsadlarimdan biri Xalqaro talablarga javob beradigan tabiiy o'simliklardan olingan bezarar dori preparatini ishlab chiqish
Iminova Muslima
Qabul 2024-2025 uchun ariza qoldiring
Ma’lumotlaringizni qoldirganingizdan so’ng, siz bilan tez orada bog’lanib, batafsil ma’lumot beramiz
Qabul uchun ariza qoldirish
2024 © Colba Ta’lim Markazi
Kimyo va biologiyaga ixtisoslashgan o’quv markaz
Telefon raqam
Manzil
Colba ta'lim markazi "Beruniy" va "Nurafshon" ko'chalari kesishmasida, "Tinchlik" metrosiga yaqin hududda joylashgan. Ta'lim markazimiz metro va avtobus bekatlariga juda yaqin bo'lib, transport bilan deyarli muammo bo'lmaydi.
QR kod orqali bizning manzilimizni qulay va oson topishingiz mumkin.
Made on
Tilda