Colba Ta’lim Markazi
Kimyo va biologiyaga ixtisoslashgan O'zbekistondagi eng katta o'quv markazda o'qish uchun ariza qoldiring
13
1900+
10000
95%
yildan beri faoliyat yuritamiz
hozirda tahsil olayotgan o'quvchilar soni
markazimizni bitirgan o'quvchilar soni
o'quvchilarning o'qishga kirish ko'rsatkichlari nisbati
Vebinar uchun ariza qoldirish
Qabul uchun ariza qoldirish
Kimyo va biologiyaga
ixtisoslashgan o'quv markaz
Colba haqida
Colba ta'lim markazi - 2010-yil o'z faoliyatini boshlagan va hozirgi kunda kimyo va biologiyaga ixtisoslashgan O'zbekistondagi eng katta o'quv markaz.

Markazimiz tabiiy fanlarga ixtisoslashgan va 2018-yildan boshlab majburiy fanlarni (Matematika, Tarix, Ona tili) ham o'qitib kelmoqda. Colba Ta'lim Markazining Toshkent shahrida 2 ta filiali mavjud.
Qabul uchun ariza qoldirish
Batafsil ma’lumot olish
O’quv tizimi
Colba ta'lim markazi muqobili bo'lmagan mualliflik o'quv dasturi va metodikasiga ega
3 ta o’qituvchili tizim haqida batafsil ma’lumot olish
Dastur haqida
Colba ta'lim markazi muqobili bo'lmagan mualliflik o'quv dasturi va metodikasiga ega. Bu dastur Colba asoschisi Doniyor Nasriddinovning ko'p yillik izlanishlari va tajribasi asosida tuzilgan bo'lib, tabiiy fanlarni juda oson usulda tushuntirilishi va murakkab masalalarga juda qisqa yechimlar va formulalari borligi bilan ajralib turadi
Dasturning afzalligi
Ushbu ta’lim dasturi tabiiy fanlar yaxshi rivojlangan Turkiya, Ozarbayjon kabi davlatlar tajribasidan foydalanib ishlab chiqilgan. Dasturning afzalliklaridan biri o’rganish nisbatan osonligi va shu tufayli o'quvchilarda qiyinchilik minimum darajaga tushadi va qiziqish ortadi va o’zlashtirish darajasi baland bo'ladi.
Afzalliklarimiz
Nega aynan biz?
Laboratoriya
Qulay jadval
Tadbirlar
Co-working
Sertifikat
O’quvchilar laboratoriyada kimyo fanidan nazariy o’rgangan bilimlarini amaliy mustahkamlashlari uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan. Laboratoriya mashg’ulotlari uchun esa alohida mutaxassis ustoz biriktirilgan.
Darslarimiz o'quvchiga hech qanday noqulaylik tug'dirmasligi uchun ularga qulay bo'lgan vaqtlar inobatga olinib dars jadvali tuziladi.
O'quvchilar darslardan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tadbirlar tashkil etiladi. Tadbirga har tomonlama o'quvchilarmizga o'rnak bola oluvchi, ularga to'gri va foydali maslahatlar bera oluvchi shaxslar chaqiriladi.
Co-working hududimiz o'quvchilar darslardan keyin va darslari yo'q paytlarda kelib dars qilishlari uchun tashkil etilgan va barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan.
Darslarimizda doimiy faol bo'lib, vazifalarni o'z vaqtida bajarib, imtihonlardan o'tib, kurslarimizni muvaffaqivatli tamomlagan o'quvchilarimiz uchun "Colba" da o'qiganligini tasdiqlovchi masxus sertifikatlar taqdim etiladi
24/7 Support
24/7 support orqali o'quvchilar istalgan paytlarida xoh markazda bo'lsin, xoh masofadan turib ustozlaridan yordam olishlari mumkin. Sababli ravishda qoldirilgan darslarni ham yordamchi ustozi bilan o’zlashtirib olishi mumkin.
Qabul uchun ariza qoldirish
Vebinar uchun ariza qoldirish
O’quvchilarimiz natijalari
Bitiruvchilarimiz biz haqimizda nima deydi?
Sabriddinov Sardor
Bir paytlar ilm olishga qiynalib, o'zimni to'nkadek his qilar edim. Keyin birdan hammasi 180 gradusga o'zgardi. Sababi ustoz Doniyor
Nasriddinovni uchratgan edim. Esimda bor Colbaga ilk bor qadam qo'ygan vaqtim dunyodagi eng murakkab fanlardan biri kimyo men uchun karra jadvalidek bo'lib qolgan edi. Balki bu ustozimning metodikasi, u yerdagi raqobatli muhit va barcha shogirdlarning ustozga nisbatan yuqori ixlosidandir.

Ba'zan ketma-ket markazda o'tkazilgan musobaqalarda eng yuqori o'rinlarni qo'lga kiritardim. Dastlab shifokor bo'lish istagim ustozlik maqomi sari o'zgardi. Esimda universitetga kirishim bilan ustozim biologiya fanidan dars o'tishni tavsiya qilib o'z yoniga olgandilar. Bir yil mobaynida ustozdan ustozlik sirlarini o'rgandim va o'z tumanimga kelib biologiyadan o'quvchilarni universitetga tayyorlashni boshladim. Ustozga havas qilgan holda
"Asl ta'lim" o'quv markaziga asos soldik va hozir bu yerda
400 dan ziyod o'quvchilarga dars berib kelmoqdamiz.
Bularning barchasida ustozimning mehnati va
"Colba" dagi muhitning o'rni beqiyos.
Iminova Muslima
Kimyo faniga qiziq'ishim bo'lganligi sababli 2014-2015-yillarda "Colba" ta'lim markazida ta'lim olib, 2015-yili bo'lib o'tgan Armaniston respublikasi Erevan shahridagi Mendeleev xalqaro olimpiadasi g'olibi bo'lib Farmatsevtika institutiga imtiyozli ravishda o'qishga kirdim.

Hozirda Farmatsevtika institutida Assistent hamda Colba ta'lim markazida katta o'qituvchi sifatida ta'lim beraman. Kelajakdagi maqsadlarimdan biri Xalqaro talablarga javob beradigan tabiiy o'simliklardan olingan bezarar dori preparatini ishlab chiqish.
Yangi vebinar uchun ro’yxatdan o’tish
O’quvchilarning barcha natijalarni ko’rish
Qabul 2024-2025 uchun ariza qoldiring
Ma’lumotlaringizni qoldirganingizdan so’ng, siz bilan tez orada bog’lanib, batafsil ma’lumot beramiz
Bizning galareya
Qabul uchun ariza qoldirish
Vebinar uchun ariza qoldirish
Ko’p beriladigan savollar:
Qabul uchun ariza qoldirish
2024 © Colba Ta’lim Markazi
Kimyo va biologiyaga ixtisoslashgan o’quv markaz
Telefon raqam
Manzil
Colba ta'lim markazi "Beruniy" va "Nurafshon" ko'chalari kesishmasida, "Tinchlik" metrosiga yaqin hududda joylashgan. Ta'lim markazimiz metro va avtobus bekatlariga juda yaqin bo'lib, transport bilan deyarli muammo bo'lmaydi.
QR kod orqali bizning manzilimizni qulay va oson topishingiz mumkin.
Made on
Tilda