Formani to'ldiring va tez orada operatorlarimiz siz bilan bog'lanishadi
Colba haqida
Colba ta'lim markazi - 2010 vil o'z faoliyatini boshlagan va hozirgi kunda kimyo va biologiyaga ixtisoslashgan O'zbekistondagi eng katta o'quv markaz.
Markazimiz tabiiy fanlarga ixtisoslashgan va 2018-yildan boshlab majburiy fanlarni (Matematika, Tarix, Ona tili) ham o'qitib kelmoqda. Colba Ta'lim Markazining Toshkent shahrida 2 ta filiali mavjud.
O’quvchilar laboratoriyada kimyo fanidan nazariy o’rgangan bilimlarini amaliy mustahkamlashlari uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan. Laboratoriya mashg’ulotlari uchun esa alohida mutaxassis ustoz biriktirilgan.
24/7 Support
24/7 support orqali o'quvchilar istalgan paytlarida xoh markazda bo'lsin, xoh masofadan turib ustozlaridan yordam olishlari mumkin. Sababli ravishda qoldirilgan darslarni ham yordamchi ustozi bilan o’zlashtirib olishi mumkin.
Qulay jadval
Darslarimiz o'quvchiga hech qanday noqulaylik tug'dirmasligi uchun ularga qulay bo'lgan vaqtlar inobatga olinib dars jadvali tuziladi.
Tadbirlar
O'quvchilar darslardan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tadbirlar tashkil etiladi. Tadbirga har tomonlama o'quvchilarmizga o'rnak bola oluvchi, ularga to'gri va foydali maslahatlar bera oluvchi shaxslar chaqiriladi.
Sertifikat
Darslarimizda doimiy faol bo'lib, vazifalarni o'z vaqtida bajarib, imtihonlardan o'tib, kurslarimizni muvaffaqivatli tamomlagan o'quvchilarimiz uchun "Colba" da o'qiganligini tasdiqlovchi masxus sertifikatlar taqdim etiladi
Co-working
Co-working hududimiz o'quvchilar darslardan keyin va darslari yo'q paytlarda kelib dars qilishlari uchun tashkil etilgan va barcha zaruriy sharoitlar yaratilgan.
Colba ta'lim markazi muqobili bo'lmagan mualliflik o'quv dasturi va metodikasiga ega.
Bu dastur Colba asoschisi Doniyor Nasriddinovning ko'p yillik izlanishlari va tajribasi asosida tuzilgan bo'lib, tabiiy fanlarni juda oson usulda tushuntirilishi va murakkab masalalarga juda qisqa yechimlar va formulalari borligi bilan ajralib turadi
Dasturning afzalligi
Ushbu ta’lim dasturi tabiiy fanlar yaxshi rivojlangan Turkiya, Ozarbayjon kabi davlatlar tajribasidan foydalanib ishlab chiqilgan.
Dasturning afzalliklaridan biri o’rganish nisbatan osonligi va shu tufayli o'quvchilarda qiyinchilik minimum darajaga tushadi va qiziqish ortadi va o’zlashtirish darajasi baland bo'ladi.
Savollaringiz bormi?
Ma’lumotlaringizni to’ldiring, tez orada operatorlarimiz siz bilan bog’lanishadi
Bizning jamoa
Colba ta'lim markazi jamoasi keng ko'lamli mutaxassislik va zamonaviy ko'nikmalarga ega, bir oliy maqsad yo'lida birlashgan fidoyilardan tashkil topgan.
Jamoamizda yillar davomida past-balandni ko'rgan, boy tajribaga ega yoshi katta mutaxassislardan tortib zamon bilan hamnafas va eng yangi texnologiyalardan xabardor yoshlargacha mavjud va bu Colbani o'z sohasida yetakchi bo'lishiga yordam beradi.
Doniyor Nasriddinov
Colba Ta’lim Markaz asoschisi
Jahongir Nasriddinov
Colba Ta’lim Markaz asoschisi
Sardorbek Hayitboyev
Colba Ta’lim Markaz direktori
O’quvchilarimiz natijalari
Sabriddinov Asror
Ustozim Doniyor Nasriddinovni uchratginimcha o'zimni to'nkadek his qilar edim. Colbaga kelganimdan so'ng men uchun dunyodagi eng qiyin kimyo fani kara jadvalidek bo'lib qolgan edi. Balki bu ustozimning metodikasi, u yerdagi raqobatli muhit va barcha shogirdlarning ustozga nisbatan yuqori ixlosidandir.
Ba'zan ketma-ket markazda o'tkazilgan musobaqalarda eng yuqori o'rinlarni qo'lga kiritardim. Shifokor bo'lish istagim usozim menga dars o'tib ko'rishni taklif qilganidan keyin o'zgardi. 1 yil davomida ustozdan ko'p tajriba oldim va ustozga havas qilib tumanimdan "Asil ta'lim" deb o'quv markazi ochdim. Hozirda 400 dan ziyod o'quvchilar bizdan ta'lim olishmoqda. Bularning barchasiga usotzimning mehnatlari va Colbadagi muhitning o'rni beqiyos.
Sautova Farangiz
Yoshligimdan doimo 1-lar qatorida bo'lishga harakat qilganman-u lekin Colbaga kelishim hayotimda asosiy burilish nuqtalaridan bo'lgan. Colbada men uchun har tomonlama ideal bo'lgan ustozim Doniyor Nasriddinovni topganman va u insonga o'xshashga doimo intilganman. Ustozlarimning mehnatlari va o'zimning tirishqoqligim bilan doimo olimpiadalarda yutganman. Colbada o'qib yurgan paytlarimda IELTSdan 7.5 ball olib, 2 kun yig'lab yana qayta topshirgan paytlarim hali ham esimda.
Hozirda "Akfa" universitetida tibbiyotni ingliz tilida o'rganayotganimda Colbada olgan bilimlarimning o'rni beqiyos. Colba menga faqat ilmgina berib qolmay inson sifatida shakllanishimga ham katta yordam bergan.
Iminova Muslima
Kimyo faniga qiziq'ishim bo'lganligi sababli 2014-2015-yillarda "Colba" ta'lim markazida ta'lim olib, 2015-yili bo'lib o'tgan Armaniston respublikasi Erevan shahridagi "Mendeleev" xalqaro olimpiadasi g'olibi bo'lib Farmatsevtika institutiga imtiyozli ravishda o'qishga kirdim.
Hozirda Farmatsevtika institutida Assistent hamda Colba ta'lim markazida katta o'qituvchi sifatida ta'lim beraman. Kelajakdagi maqsadlarimdan biri Xalqaro talablarga javob beradigan tabiiy o'simliklardan olingan bezarar dori preparatini ishlab chiqish
Abduvohidov Davron
Yoshligimdan kimyoviy jarayonlarga qiziqganligim uchun lityseyda o'qib yurgan vaqtlarim Colba ta'lim markazida kuchaytirilgan holda kimyodan ta'lim oldim. O'zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakultetida imtiyozli diplom bilan bakalavr darajasini va magistr darajasini olganman. O'qish davomida xalqaro olimpiadalarga qatnashib faxrli o' rinlarni oldim.
Shu jumladan, xalqaro kimyo olimpiadasining kumush medali sovrindoriman. Magistratura davrida va magistr darajasini olganimdan keyin shu universitetda fizikaviy kimyo fanidan talabalarga ta' lim berish bilan shug'ullanganman. Hozirda O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Materialshunoslik institutida biologik jarayonlarni komputerda modellashtirish bilan shug'ullanmoqdaman
Ma’lumotlaringizni to’ldiring, tez orada operatorlarimiz siz bilan bog’lanishadi
Ko’p beriladigan savollar
Asosiy fanlar (kimyo, biologiya) va majburiy fanlardan (matematika, ona tili, tarix) birgalikda tayyorlanasiz;
Sizga mutaxassislik fanlaridan 2-3 tadan o'qituvchi biriktiriladi
Ota-onalar bilan doimiy aloqada bo'linib, o'quvchining barcha natijalari, o'zlashtirish darajasidan xabardor qilib boriladi;
Bilim darajasiga ko'ra guruhlarga ajratiladi.
Muddatidan oldin talaba bo'lish va olimpiadalarda ishtirok etib, sovrindor bo'lish imkoni mavjud;
Sohaga doir ekskursiyalar mavjud.
Biz bunga kafolat bermaymiz. Lekin oxirgi yildagi ko'rsatkichlarga ko'ra 97% bitiruvchilarmiz talaba bo'lishgan.
Colbada o'quvchilar haftada 5 ta dars kimyo va 5 ta dars biologiya o'qishadi.
Bizda faqat o'zbek guruhlar mavjud!
Bizda yotoqxona mavjud emas. Viloyatdan kelgan aksariyat o'quvchilarimiz qarindoshlarinikida turishadi.
Colbada asosan 6-11-sinfdagi o'quvchilar va universitetga kirishga tayyorlanayotan abituriyentlar o'qishadi.
Asosiy filialimiz Tinchlik metro yaqinida, 2-filialimiz Chorsuda joylashgan bo'lib, Toshkent shahrining istalgan tumanidan istalgan turdagi jamoat transporti orqali markazimizga kela olasiz.